Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda aholi jon boshiga daromad 3 yildan so‘ng 2 ming dollarga yetadi

O‘zbekistonda aholi jon boshiga daromad 3 yildan so‘ng 2 ming dollarga yetadi

Foto: «Xabar.uz»

Moliya vazirligining prognoziga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YIM) 1 956 dollarni tashkil etadi. Bu haqda 5-dekabr kuni «Fuqarolar uchun budjet ma’lumotlari» byulletini taqdimotida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda «Turon24».

2021-yilda mamlakat YaIM hajmi 637,9 trln so‘mni, inflyasiya darajasi esa 9,9 foizni tashkil etadi. Shuningdek, 2021-yilda ish bilan band aholi soni 13,2 mln kishini tashkil etadi, deyiladi byullitenda.

Shuningdek, 2021-yilda mamlakat YIMsida qishloq xo‘jaligi ulushi kamayadi va 13 foizni tashkil etadi. Xizmat ko‘rsatish sohasining YIMdagi ulushi ortadi va 73,5 foizni tashkil etadi. Hozirda qishloq xo‘jaligining YaIMdagi ulushi 17,5 foizni, xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi esa 45 foizni (2018-yilning 9 oyi mobaynida) tashkil etgandi.

Qayd etish joizki, Moliya vazirligining aholi jon boshiga daromad 2000 dollarni tashkil etishi to‘g‘risidagi prognozlari bazis ssenariy asosida hisoblangan. Bunda neft va oltin narxlarining keskin pasayishi, zaxira valyutalarining devalvatsiyasi, inflyasiya darajasining keskin o‘sishi kabi tashqi ehtimol hisobga olinmagan.

2017 yilda aholi jon boshiga YaIM 7,7 mln so‘mni (948 dollar) tashkil etgandi. Ushbu ko‘rsatkichga ko‘ra, O‘zbekiston qashshoq mamlakatlar ro‘yxatida 8-o‘rinni egallagan.

2018 yilning 9 oyi mobaynida aholi jon boshiga YIM hajmi 894 dollarni tashkil etgan. Moliya vazirligining progonozicha, 2018 yilning oxiriga qadar aholi jon boshiga YaIM hajmi 1200 dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring