Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Belorus harbiylari maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadi

O‘zbekiston va Belorus harbiylari maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 17-may kuni Belorus Respublikasi harbiylari «Jangovar hamdo‘stlik—2019» hamkorlikdagi mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Belorus armiyasining Harbiy-havo kuchlariga qarashli Il-76md harbiy-transport samolyotida Farg‘ona aeroportiga yetib keldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

22 nafar belarus harbiy xizmatchisi polkovnik Oleg Kostromin boshchiligida 20—27-may kunlari Namangan viloyatidagi «G‘urumsaroy» poligonida o‘zbeksitonlik mutaxassislar bilan o‘tkaziladigan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston va Belorus respublikalari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasiga asosan tashkil etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring