Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyaga yo‘l oldi

O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyaga yo‘l oldi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Bugun 31-may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi delegatsiyasi Toshkent-Istambul-Antaliya yo‘nalishi bo‘ylab Turkiyaga yo‘l oldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

U yerda milliy terma jamoamiz Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv 2-iyun kuni Alanya shahridagi «Alanya Stadium» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Foto: O‘FA matbuot xizmati
Foto: O‘FA matbuot xizmati

Shundan so‘ng milliy terma jamoamiz a’zolari 3-iyun kuni yarim tunda Toshkentga qaytib kelib, yig‘inni davom ettirishadi.

7 va 11-iyun kunlari Toshkentdagi «Milliy» stadionda KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Foto: O‘FA matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring