Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston notarial idoralari reytingi e’lon qilindi

O‘zbekiston notarial idoralari reytingi e’lon qilindi

Foto: «Aif.ru»

Adliya vazirligi Respublikadagi barcha davlat notarial idoralari notariuslarining reytingini e’lon qildi. Vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qilishicha, baholash notariuslarning 2018 yil 1-yarim yillikdagi ish faoliyatini qamrab olgan holda o‘tkazildi.

Sifatni baholashda notarius tomonidan rasmiylashtirilgan notarial harakatlar soni va sifati, aholiga xizmat ko‘rsatishda qulaylik va tezkorlikning ta’minlanganliligi, faoliyatidagi yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘lami, kasbiy vazifalarini bajarish darajasi hamda sohani rivojlantirishdagi faolligi hisobga olindi. Sifatni baholash har bir ko‘rsatkich bo‘yicha belgilangan mezonlar asosida jami 100 ballgacha tizimda amalga oshirildi.

Respublika bo‘yicha 651 nafar notariuslardan 28 nafarining ish faoliyati «a’lo», 268 nafariniki «yaxshi», 278 nafariniki «qoniqarli» va 77 nafariniki esa «qoniqarsiz» deb baholandi.

Baholash natijalariga ko‘ra ish faoliyati «a’lo» deb topilgan hamda Reytingda eng yuqori ball bilan yetakchilik qilgan o‘n nafar notariuslar quyidagilar:

T/r Familiya, ism va otasining ismi Ish joyi va lavozimi Ball
1 Osmanova Zulfiye Enverovna

Zangiota tuman 7-son DNI notariusi

98 ball
2

Xusainova Guzal Mirislamovna

Qibray tuman 4-son DNI notariusi

96 ball

3

Ziyadullayev Sherzod Nurullayevich

Piskent tuman DNI notariusi

96 ball

4

Shaxmayev Jaxongir To‘lqinovich

Bekobod tuman 2-son DNI notariusi

95 ball

5

Raxmanova Iroda Kadirovna

Urganch shahar 9-son DNI notariusi

94 ball

6

Xurramov Kamol Azamatovich

Qarshi shahar 6-son DNI notariusi

94 ball

7

Aliyeva Lola Zoirovna

Samarqand shahar 17-son DNI notariusi

93 ball

8

Madaminova Nigora Kuchkarovna

Zangiota tuman 1-son DNI notariusi

92 ball

9

Sadullayeva Gavxar Sabirovna

Xiva shahar 2-son DNI notariusi

91 ball

10

Chumarina Rimma Asvatovna

Chirchiq shahar 1-son DNI  notariusi

91 ball

Ish faoliyati «qoniqarsiz» deb topilgan va Reytingda so‘nggi pog‘onadan joy olgan o‘n nafar notariuslar quyidagilar:

T/r Familiya, ism va otasining ismi Ish joyi va lavozimi Ball
642

Raxmanov Sharaf Narxanovich

Beruniy tuman 1-son DNI notariusi

43 ball

643

Zavqiyev Nurqul Lapasovich

Zafarobod tuman DNI notariusi

41 ball

644

Mardonov Bahrom Boltayevich

Peshku tuman 1-son DNI notariusi

40 ball

645

Yanko Lada Rudolfovna

Yashnobod tuman 8-son DNI  notariusi

39 ball

646

Malikov Murod Xamidullayevich

Namangan shahar 12-son DNI notariusi

34 ball

647

Saipova Kamola Nigmatjanovna

Olmazor tuman 6-son DNI notariusi

33 ball

648

Isaxanov Ulug‘bek Odilovich

Olmazor tuman 10-son DNI notariusi

31 ball

649

Azamatova Lola Saydullayevna

Yashnobod tuman 2-son DNI notariusi

30 ball

650

Azimov Yandash Axmedovich

Buxoro shahar 11-son DNI notariusi

25 ball

651

Maksudova Nafisaxon Alisherovna

Mirobod tuman 6-son DNI notariusi

21 ball

Notariuslar reytingining to‘liq ruyxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring