Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston nogiron-amputantlar jamoasi JChni g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston nogiron-amputantlar jamoasi JChni g‘alaba bilan boshladi

Turkiyaning Istanbul shahrida nogiron-amputantlar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Unda 5 karra jahon chempioni – O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Jahon chempionati ilk turida o‘zbekistonliklar Polshani mag‘lubiyatga uchratdi.

Polsha – O‘zbekiston – 1:3

Gollar: Lastovski 9ʼ, Haydarali Tursunboyev 11ʼ, Qudrat Xudoyqulov 34ʼ, Aziz Abdurahmonov 48ʼ.

Polshani mag‘lubiyatga uchratgan O‘zbekiston terma jamoasi “E” guruhidan Ispaniya hamda Tanzaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring