Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qurolli Kuchlari akademiyasida NATO qo‘mondonligi bilan videokonferensiya uyushtirildi

Qurolli Kuchlari akademiyasida NATO qo‘mondonligi bilan videokonferensiya uyushtirildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Buyuk Britaniya Qirollik harbiy akademiyasi mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi professor-o‘qituvchilari tarkibi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Qirollik harbiy akademiyasi professorlari Ed Flint hamda Dunkan Anderson Qurolli Kuchlari akademiyasida harbiy ta’lim olayotgan kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida so‘nggi paytlarda ko‘p tilga olinayotgan va dunyo ahli uchun katta muammoga aylanib ulgurgan «Gibrid urushlari» mavzusiga alohida to‘xtaldi. Bu bo‘yicha dunyo miqyosida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar va ularning natijalari qayd etildi. Akademiya professor-o‘qituvchilari mazkur dolzarb mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Mashg‘ulotning ikkinchi kunida Niderlandiyaning Bryunsyum shahridagi NATOning Birlashgan kuchlar qo‘mondonligi bilan videokonferensiya ham uyushtirildi. Unda NATO mutaxassislarining yurtimizga galdagi rejalashtirilgan tashrifi oldidan «Amaliyotlarni rejalashtirish jarayoni» mavzusida uslubiy-yo‘riqnoma mashg‘uloti o‘tkazildi. Videokonferensiyani NATO mutaxassislari Mishel Tereza Uard, Lejik Boyarskiy va Grzegors Remizevskiylar olib bordi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring