Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston meva-sabzavotlardan qancha foyda ko‘rgani aniq bo‘ldi

O‘zbekiston meva-sabzavotlardan qancha foyda ko‘rgani aniq bo‘ldi

2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 219,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi. 

Bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5 foizga yoki 157,7 ming tonnaga ko‘paygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (26,2 foiz), Rossiya (25,1 foiz), Qozog‘iston (10,5 foiz) va Xitoy (9,2 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,4 % ini tashkil etgan.

Avvalroq joriy yilning 1-choragi uchun e’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, vafot etish holatlari ko‘paygani ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring