Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston ikkiyoqlama soliqqa qarshi konvensiyaga qo‘shilmoqchi

O‘zbekiston ikkiyoqlama soliqqa qarshi konvensiyaga qo‘shilmoqchi

O‘zbekiston Ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiyaga Bayonnoma va Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma loyihalarini imzolashga tayyorlanmoqda.

22-23-oktyabr kunlari Rimda O‘zbekiston-Italiya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish va uni inventarizatsiya qilish bo‘yicha tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarda shu haqda kelishilgan.

Shuningdek, Italiya TIV delegatsiyasiga Rossiya, Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik departamenti direktori Fabritsio di Mishel hamda huquqiy xizmat direktori o‘rinbosari Paskal Velotti boshchilik qilgan.

Maslahatlashuvlar doirasida Italiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi va Moliya vazirligining yuqori mansabdor shaxslari ishtirokida investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi yangi hukumatlararo bitim loyihasi bo‘yicha alohida muzokaralar ham bo‘lib o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring