Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston obligatsiyalariga talab 8,5 milliard dollardan oshdi

O‘zbekiston obligatsiyalariga talab 8,5 milliard dollardan oshdi

O‘zbekiston hukumati 1 milliard AQSh dollari miqdorida yevrobondlar chiqarishni rejalashtirmoqda. Hukumat rejasiga ko‘ra, 5 va 10 yillik 500 million dollardan jami 1 milliard dollarlik bondlar realizatsiya qilinishi kutilayapti. Ertalab besh yillik bondlarga yillik 5.375 va 10 yillik bondlarga esa 6 foizlik narx e’lon qilingan edi, deya xabar qilmoqda «Davletovuz».

London vaqti bilan soat 12:15 ga kelib, talabning ko‘pligini inobatga olib, O‘zbekiston 5 yillik obligatsiyalar narxini 5,0—5,125 foizga, 10 yillik obligatsiyalar narxini esa 5,625—5,75 foizga tushirdi. 

Pasaytirilgan narx bo‘yicha O‘zbekiston obligatsiyalariga talab 8,5 milliard dollardan oshib ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring