Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston ayol sudyalari» to‘plami ikki tilda chop etildi

«O‘zbekiston ayol sudyalari» to‘plami ikki tilda chop etildi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida xayrli ishni amalga oshirdi. Kengash tashabbusi bilan «O‘zbekiston ayol sudyalari» to‘plamini o‘zbek va ingliz tillarida chop etildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 165 nafar ayol sudyalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu umumiy sudyalarning salkam 13 foizini tashkil qiladi. Demak, odil sudlovni amalga oshirishda xotin-qizlarning ham munosib hissasi bor.

To‘plamda barcha sudya ayollar haqida ixcham ma’lumotlar jamlangan.

Mazkur to‘plam dunyo hamjamiyatiga sudya ayollarimizga hurmat-ehtirom ramzi va Xalqaro xotin-qizlar kuniga kamtarona sovg‘a sifatida tayyorlandi, deyiladi Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring