Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 10 oyda 471,8 mln. AQSh dollariga teng yog‘on import qildi

O‘zbekiston 10 oyda 471,8 mln. AQSh dollariga teng yog‘on import qildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10 oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 471,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 37,7 mln. AQSh dollariga kam.

O‘tgan 10 oy mobaynida import qilingan yog‘och va yog‘och mahsulotlarining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:

- Rossiya – 433,7 mln.
- Xitoy – 14,6 mln.
-Turkiya – 5,2 mln.
- Belorus – 3,5 mln.
- Italiya – 2,7 mln. AQSh dollari

Ma’lumot o‘rnida, bu yil O‘zbekiston 49 ta xorijiy davlatlardan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring