Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek talabasi Xalqaro matematika olimpiadasida sovrindor bo‘ldi

O‘zbek talabasi Xalqaro matematika olimpiadasida sovrindor bo‘ldi

Shu yilning 14-23-iyul kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida 112 ta davlatdan tashrif buyurgan 621 nafar o‘quvchilar ishtirokida 60-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyi 3-bosqich o‘quvchisi Jasurbek Imomov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Joriy yil 14-20-iyul kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 78 ta davlatning 285 nafar o‘quvchilari bilogiya fanidan 30-xalqaro olimpiadada kuch sinashishdi.

Mazkur xalqaro olimpiadada Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quvchilari Saidaxon Valijonova, Xosiyatxon Kudratova hamda Navoiy davlat konchilik instituti akademik litsey o‘quvchisi Huseyn Egamovlar bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, ayni kunlarda yurtimiz akademik litsey o‘quvchilarining yana bir guruhi Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan kimyo fanidan xalqaro olimpiadada ishtirok etishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring