Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozarbayjonda mashinada tamaki chekkanlar jarima to‘laydi

Ozarbayjonda mashinada tamaki chekkanlar jarima to‘laydi

Foto: «Lenta.ru»

Bugun, 11-dekabrdan Ozarbayjonda tamaki chekkanlar uchun yangi jarimalar kuchga kirdi. Bu haqda «Day.az» xabar berdi.

Yangi qoidaga ko‘ra, shahar ichida va tashqarisida, tumanlararo va xalqaro yo‘nalishlarda qatnovchi avtobuslarda ketuvchilar tamaki chekkan taqdirda 40 manatdan 50 manatgacha (195 — 245 ming so‘m atrofida) jarimaga tortiladi.

Mazkur jarima umumfoydalanishdagi barcha transport vositalari va taksilar uchun ham tatbiq etiladi.

«Transport vositasi harakatlanayotganida haydovchi chekyaptimi yoki yo‘lovchimi — farqi yo‘q, ular jarimaga tortiladi», — dedi ekspert Arshad Guseynov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring