Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan 11 oyda O‘zbekistonda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etilgan

O‘tgan 11 oyda O‘zbekistonda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etilgan

O‘tgan 11 oyda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etilgan bo‘lsa, shundan 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlari hisoblanadi.

Bu haqda IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishida, shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda 50 ga yaqin to‘lov tizimi bo‘lib, ularning hammasi ham kiberxavfsizlik talablariga javob bermasligi ham qayd etildi.

Noyabr oyida IT vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha Prezident qarori imzolangan.

Mutasaddi vazirlik va idoralarga barcha elektron to‘lov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish va ijrosini qat’iy nazorat qilish topshirildi.

Umuman, IT xizmatlari hajmini 20 trillion so‘mga, eksportni 800 million dollarga yetkazish, tarmoqlarda 130 ta axborot tizimini joriy qilish va 750 ta davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish borasidagi rejalarni ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.

Yig‘ilishda vazirlik va idoralar rahbarlari, hokimlarning hisoboti tinglandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring