Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Oskar» mukofotiga nomzodlarning ro‘yxati e’lon qilindi

«Oskar» mukofotiga nomzodlarning ro‘yxati e’lon qilindi

Bugun, 24-yanvar kuni Amerika kinoakademiyasi «Oskar» mukofotiga nomzodlarning short-listini e’lon qildi.

«Eng yaxshi aktrisa»:

  • Keyt Blanshett («Tar»);
  • Ana de Armas («Mallasoch»);
  • Andrea Rayzboro («Lesli uchun»);
  • Mishel Uilyams («Fabelmanlar»);
  • Mishel Yeo («Barchasi har joyda va bir yo‘la»).

«Eng yaxshi aktyor»:

  • Ostin Batler («Elvis»);
  • Kolin Farrell («Inisherin farishtasi»);
  • Brendan Freyzer («Kit»);
  • Pol Meskal («Quyoshim mening»)
  • Bill Nayi («Yashash»).

«Eng yaxshi rejissyor»:

  • Stiven Spilberg («Fabelmanlar»);
  • Martin Makdonax («Inisherin farishtasi»);
  • Todd Fild («Tar»);
  • Den Kvan va Deniel Shaynert («Barchasi har joyda va bir yo‘la»);
  • Ruben Estlund («Qayg‘u uchburchagi»).

«Eng yaxshi film»:

  • «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»;
  • «Avatar: Suv yo‘li»;
  • «Inisherin farishtasi»;
  • «Fabelmanlar;
  • «Tar»;
  • «Elvis»;
  • «Barchasi har joyda va bir yo‘la»;
  • «Top Gan: Meverik»;
  • «Qayg‘u uchburchagi»;
  • «Ayollarning g‘iybati».

Shuningdek, to‘liq metrajli animatsion hamda qisqa metrajli hujjatli filmlar yo‘nalishlarida ham nominantlar e’lon qilingan.

AQSh kinoakademiyasining «Oskar» 95-taqdirlash marosimi 12-mart kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring