Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oʻqituvchi» nashriyotida o‘qituvchilar kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

«Oʻqituvchi» nashriyotida o‘qituvchilar kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

«Oʻqituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi xodimlari o‘z ustoz va murabbiylarini bayram bilan tabrikladilar.

Bir necha yildan beri, yurtimizda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelinadi. O‘qituvchi va murabbiylar kasbini e’zozlash, mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida 2018-yil 28-sentabr kuni «Oʻqituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi xodimlari o‘z ustoz va murabbiylarini tabriklab, bayram tadbirini o‘tkazdi.

Tadbirda ko‘p yillar davomida nashriyotda o‘z faoliyatini olib borgan, o‘z sohasida samarali mehnat qilgan, talaygina shogirdlarga bilim bergan, ularda kasbga muhabbat tuyg‘usini uyg‘ota olgan, yoshi ulug‘ ustoz va murabbiylar qatnashishdi.

Tadbirni « Oʻqituvchi» NMIU direktori Sirojiddin Xusnutdinov o‘z bayram tabriklari bilan ochib berdi.

‒ Kasbimiz shijoatli yoshlar qo‘liga o‘tayotganidan juda xursandmiz. Bayramlarda hamkasblar bilan mana shunday davralarda diydor ko‘rishish imkoniyatini bergan nashriyotning yosh xodimlaridan minnatdormiz, ‒ deydi bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritgan Abdulla Hasanov.

Tadbir davomida shu dargohning fidoyilari bo‘lgan ustozlarga bag‘ishlab bayram dasturxoni yozildi. Ularga nashriyot tomonidan esdalik sovg‘alari ulashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring