Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltin sotuvchi bankomat paydo bo‘ldi

Oltin sotuvchi bankomat paydo bo‘ldi

Foto: The Economic Times

The Economic Times xabar berishicha, Hindistonning Haydarobod shahrida oltin sotuvchi bankomat o‘rnatildi.

Bankomatga 5 kilogrammgacha oltin sig‘adi: 0,5 grammdan 100 grammgacha, 24 karatli (999 probali), 8 xil oltin tangalarni sotib olish mumkin.

Bankomatni oltin sotish bilan shug‘ullanuvchi Goldsikka (Hindiston) kompaniyasi o‘rnatdi. Kompaniya vitse-prezidenti ta’kidlashicha, bankomat orqali oltin sotib olish bank yoki zargarlik do‘konidan xarid qilishdan qulayroq, masalan, oz miqdorda tillaga ehtiyoji borlar xijolat bo‘lishmaydi. Qurilmadagi oltin narxi London birjasidagi kotirovkalarga muvofiq, real vaqt tartibida o‘rnatib boriladi.

Dunyodagi ilk «oltin bankomat» ishonchli himoyalangan: ichki va tashqi kuzatuv kameralari hamda signalizatsiyasi bor, mahalliy politsiya bilan aloqaga chiqish mumkin.

Bankomat o‘rnatilgan birinchi kunda 20 kishi oltin sotib oldi. Goldsikka kompaniyasi yaqin kunlarda Haydarobodda oltin sotuvchi bankomatlardan yana 3-4 tasini o‘rnatish, keyinchalik butun Hindiston bo‘ylab shunday qurilmalardan 3 mingtasini ishga tushirishni rejalashtirgan. Kompaniya rahbarlari hatto jahon bozoriga chiqishni mo‘ljallashyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring