Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbati bilan yangi komissiyaga raislik qiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbati bilan yangi komissiyaga raislik qiladi

Foto: «Norma.uz»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qo‘shma qaroriga muvofiq Sudlar mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi komissiya tuzildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Tashkil etilgan mazkur Komissiya:

  • sudlar va sudyalar mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari ustidan nazorat olib boradi; 
  • muammolarni, sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini tanqidiy tahlil qiladi, amaldagi holatni o‘rganadi;
  • odil sudlovga va sudyalar mustaqilligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni aniqlaydi;
  • sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar beradi.

Buning uchun Komissiya Oliy Majlis palatalari, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura va Ombudsmandan murojaatlar haqida ma’lumotlarni oladi, aholi hamda sudyalar o‘rtasida uchrashuvlar, anonim so‘rovlar o‘tkazadi.

Komissiya majlislari ochiq-oshkora tarzda o‘tkaziladi. Ayrim holatlarda majlis yopiq tarzda o‘tkazilishi mumkin.

Komissiya sudlarning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashmaydi.

Komissiya raisi etib Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbati bilan bir yillik muddatga tasdiqlanadi.

Komissiya o‘z faoliyati haqida Oliy Majlis palatalariga har yili hisobot taqdim etib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring