Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ochilboy Ramatov Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – transport vaziri etib tayinlandi

Ochilboy Ramatov Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – transport vaziri etib tayinlandi

Ochilboy Ramatov Jumaniyazovich Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri sifatida tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» hukumatdagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Ochilboy Ramatov 1962-yil Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ilgan. 1988-yili Toshkent temiryo‘l muhandislari institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1980-yil Urganch lokomotiv deposida mashinist yordamchisi lavozimida boshlagan. Institutni tamomlagach, Toshkent teplovozlarni ta’mirlash zavodining ustasi, teplovoz sexi boshlig‘i o‘rinbosari va vagon ta’mirlash sexi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

1995-yil martida «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» kompaniya bosh direktori etib tayinlangan. 2001-yil mayida «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning bosh menejeri — bosh muhandisi lavozimida ish boshlagan.

2002-yildan buyon «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning boshqaruv raisi, 2016-yil dekabridan O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ma’lum qilinishicha, Jamshid Qo‘chqorov, Aziz Abduhakimov va Tanzila Norboyeva ham Bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qolishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring