Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nyukasl Yunayted»ga Stiv Bryus bosh murabbiy bo‘lib keldi

«Nyukasl Yunayted»ga Stiv Bryus bosh murabbiy bo‘lib keldi

Foto: «Sky Sports»

«Nyukasl Yunayted»ga Stiv Bryus bosh murabbiy bo‘lib keldi.  Bu haqda bugun, 17-iyul kuni klub saytida ma’lum qilindi.

58 yoshli murabbiy bilan uch yillik shartnoma tuzilgan.

Stiv Bryus ilgari «Birmingem», «Uigan», «Sanderlend», «Hall Siti» va «Aston Villa»ni boshqargan.

2016-yilning mart oyidan beri ishlab kelgan Rafael Benites jamoani allaqachon tark etib, Xitoyning «Dalyan Ifan» klubi bilan shartnoma tuzishga ham ulgurgan. Xitoyliklar unga yiliga 15 mln. dollar to‘lashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring