Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursultondagi ko‘prik shifokorlarning suratlari bilan bezatildi (video)

Nursultondagi ko‘prik shifokorlarning suratlari bilan bezatildi (video)

Foto: «Tengrinews.kz»

Qozog‘istonda Yesil daryosi uzra «Baliq-ko‘prik» deb nomlanuvchi velo-piyodalar ko‘prigida shifokorlarning fotosuratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda «Tengrinews.kz» xabar berdi.

Bastiliya operasining zamonaviy fasadini shifokorlarning portretlari bilan bezatgan fransuz zamonaviy rassomi ishlaridan ilhomlangan fotosuratchi Ruslan Mazunin va uning do‘stlari poytaxtda ham shunday asarni yaratishga qaror qilishdi.

Ruslan Mazuninning so‘zlariga ko‘ra, u sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Bagdat Kojaxmetovga murojaat qilgan: rasmiylar uning g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashgan. Nursulton infeksion gospitali shifokorlari bilan fotosessiya o‘tkazgan.

Fotosuratchi videorolik yaratib, undagi shifokorlarning rasmlarini mashhur jurnal muqovasiga joyladi. Yigit foto ko‘rgazma tashkil etish niyati borligini bildirgandi. Klip juda tez ommalashib ketdi va ijtimoiy tarmoqlarda uni qo‘llab-quvvatlovchilar kundan-kunga ko‘paymoqda.

Fotograf Ruslan Mazunin tomonidan tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad — ezgulik. Loyiha muallifining ta’kidlashicha, shifokorlarning tabassumi — Covid-19 ustidan tez orada g‘alaba qozonish sari umid bag‘ishlaydi, deb yozadi platforma.uz.

Aslida bunday xayrli tashabbuslar dunyoning ko‘plab davlatlarida pandemiya boshlangandan buyon uzluksiz amalga oshirib kelinmoqda. Haykallar, xotira yodgorliklari o‘rnatilmoqda, badiiy va hujjatli filmlar suratga olinyapti.

Jumladan, O‘zbekistonda ham koronavirusga qarshi kurashda jonini jabborga berib mehnat qilayotgan aziz aka-ukalarimiz, opa-singillarimizning mehnatini qadrlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko‘chalar, binolar peshtoqlari, oynai jahon, ijtimoiy tarmoqlar orqali ularga minnatdorchilik bildirilgan roliklar, minnatdorlik so‘zlari berib borilyapti. Bundan faqat quvonish kerak. Ijodkorlar esa shifokoru hamshiralar, sanitarlar, feldsherlar, tez yordam mashinalari haydovchilaridan tortib qorovullargacha, barchasini kayfiyatini, ko‘nglini ko‘taradigan original g‘oyalarni topishdan aslo charchamasligi shart. Yozuvchilar, shoirlar, rejissyorlar, san’atkorlar, jurnalistlar, blogerlar... esa birinchi saflarda turib, buning birinchi generatorlariga aylanishlari lozim.

Ulardan bunday ma’naviy daldani nafaqat tojdor virusga qarshi jang olib borayotganlar, balki ularning atrofidagilar ham albatta kutmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring