Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Noxush xabar: bir kunda uch kishi koronavirus sabab olamdan o‘tdi

Noxush xabar: bir kunda uch kishi koronavirus sabab olamdan o‘tdi

Foto:«Gazeta Ribinsk»

2021-yil 6-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93597 (+421) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
6 nafari Andijon viloyatida,
7 nafari Buxoro viloyatida,
6 nafari Jizzax viloyatida,
3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
4 nafari Navoiy viloyatida,
5 nafari Namangan viloyatida,
54 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Sirdaryo viloyatida,
4 nafari Surxondaryo viloyatida,
5 nafari Farg‘ona viloyatida,
3 nafari Xorazm viloyatida,
77 nafari Toshkent viloyatida,
239 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 660 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3599 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring