Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda sud raisi ushlangani tafsilotlari ma’lum qilindi (video)

Namanganda sud raisi ushlangani tafsilotlari ma’lum qilindi (video)

2024 yil 30 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi Sh. S. qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Davlat xavfsizlik xizmati ushbu holat tafsilotlarini ma’lum qildi.

Namangan tumanida chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatga zamonaviy chorva kompleksi binosini qurish va mavjudlarini ta’mirlash maqsadida, aksiyadorlik tijorat «Xalq banki»ning viloyat filiali tomonidan ajratilgan 5 mlrd. 287 mln. 500 ming so‘m miqdoridagi kredit mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish va rasmiy hujjatlarni kalbakilashtirish holatlari bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini sud muhokamasida ko‘rib chiqish jarayonida Mingbuloq tuman sudi raisi sudlanuvchiga nisbatan yengilroq jazo tayinlash evaziga, uning otasidan 20 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudi raisi so‘ralgan pul mablag‘idan 2 ming AQSh dollarini o‘zining boshqaruvida bo‘lgan «Lasetti» rusumli avtomashinada olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlanishicha, kredit bo‘yicha yetkazilgan zarar tergov davomida sudlanuvchi tomonidan to‘liq qoplangan bo‘lgan. Hozirda Mingbuloq tuman sudi raisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, juda ko‘p miqdorda pora olganligi holati bo‘yicha, unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring