Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Murodjon Ahmadaliyevga Toshkentdan 3 xonali kvartira va Tracker avtomobili sovg‘a qilindi (foto)

Murodjon Ahmadaliyevga Toshkentdan 3 xonali kvartira va Tracker avtomobili sovg‘a qilindi (foto)

Foto: Xabar.uz

Professional boks bo‘yicha ikki yo‘nalish bo‘yicha jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev Toshkentga yetib keldi. Chempionni kutib olish uchun aeroportga uning yaqinlari, mutasaddilar, muxlislar va OAV xodimlari chiqdi.

Kutib olish marosimidan so‘ng Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Murodjon Ahmadaliyevni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimni bosh vazir Abdulla Aripov tabrik so‘zi bilan ochib berdi va chempionga Prezident Shavkat Mirziyoyevning sovg‘asi — Toshkent shahridan uch xonali kvartira va Tracker avtomobili kalitini topshirdi.

Xabar.uz ushbu marosimdan fotoreportaj uyushtirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring