Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mudofaa qo‘shinlari Katta Chimyonda ekstremal sharoitlarda mashg‘ulotlar o‘tkazdi (foto)

Mudofaa qo‘shinlari Katta Chimyonda ekstremal sharoitlarda mashg‘ulotlar o‘tkazdi (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazi hamda Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda 3 kun davomida «O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida tog‘ tayyorgarligi tizimini yanada takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Unda Mudofaa vazirligi markaziy apparati ofitserlari, harbiy okruglar qo‘mondonlarining o‘rinbosarlari, oliy harbiy ta’lim muassasalari tog‘ tayyorgarligi yo‘riqchilari hamda tegishli vazirlik va idoralarining soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Kuning ikkinchi yarmida harbiy qism va muassasalarda tog‘ tayyorgarligi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini yangicha yondashuv asosida tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rgazmali mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Anjuman qatnashchilari mashg‘ulotlar davomida tog‘ yo‘nalishlari bo‘ylab 20 km masofaga marsh uyushtirdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Katta Chimyon hududida tog‘ to‘siqlarini oshib o‘tishni tezlashtiruvchi va yengillashtiruvchi vositalardan foydalanish usullari, ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni oshirish, jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni tog‘li hududlarda xavfsiz joyga ko‘chirish, baland tog‘ hududlarida o‘qotar qurollardan foydalanish kabi o‘quv joylarida ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring