Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada xonadonlarni 60 foizgacha chegirma bilan sotish boshlandi

Moskvada xonadonlarni 60 foizgacha chegirma bilan sotish boshlandi

O‘tgan haftada Moskvada ikkilamchi uy bozoridagi narxlar sezilarli darajada pasaygan.

«Tez uyini tez sotishga urinayotganining ikkita sababi keltirilmoqda: ko‘chib ketish qarori va boshqa mamlakatda yashash uchun shoshilinch pul keraklishi, shuningdek, geosiyosiy vaziyat tufayli bozorda narxlarning sezilarli darajada pasayishidan qo‘rqish», deydi Welcome 24 kompaniyasi bosh direktori Mixail Klimenkov.

Time development kompaniyasi marketing direktori Irina Morozovaning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtning ikkilamchi bozorida 60 foizgacha chegirmalar mavjud. Moskvaning birlamchi bozorida qurilayotgan uylardagi kvartiralar uchun chegirma qiymati 30 foizga yetadi.

Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilinganidan keyin mamlakatni tark etuvchilar soni keskin oshib borayotgani, Gruziya, Qozog‘iston va Mo‘g‘iliston chegaralaridagi holat haqida xabarlar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring