Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva metrosi yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Moskva metrosi yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Foto: «lenta.ru»

Moskva shahridagi «Novie Cheremushki» metro bekati yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar qildi.

Qayd etilishicha, metro bekatiga kirish yo‘lagi oldida o‘qotar qurol bilan yaralangan ikki jasad topilgan.

Foto: «Gazeta.ru»

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir erkak bir insonni otib o‘ldirgan, keyin o‘z joniga qasd qilgan», — degan hududdagi huquqni muhofaza qilish organi vakili.

Tezkor tergov guruhi hodisa joyida surishtiruv olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring