Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MMA jangchisi Mahmud Murodov O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘ldi

MMA jangchisi Mahmud Murodov O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘ldi

Foto: «Instagram/makhmud_muradov»

MMA jangchisi Mahmud Murodov O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘ldi. Bu haqda u «Instagram»dagi sahifasi orqali xabar berdi.

«Xudoga shukr, yana bir orzuim ushaldi. Hurmatli prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga bizga ishongani va qo‘llab quvvatlagani uchun alohida minnatdorlik bildirmoqchiman.  26 yil davomida shu kunning kelishiga shubha qilmagandim, hech qachon o‘z ajdodlarimni va o‘zbek zamini o‘g‘loni ekanligimni unutmaganman, bugun esa buni tasdiqlovchi hujjatni qo‘lga oldim. O‘z yurtimning to‘la huquqli fuqarosi sifatida uning sha’nini jahon arenalarida himoya qilishga va har bir davlat o‘zbek sportchilarining qudratini bilishi uchun bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishga va’da beraman. Har bir inson orzu bilan yashaydi, meniki esa bugun ushaldi. Yana bir bor rahmat...», - deb yozgan M.Murodov.

Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov asli Tojikistonda tavallud topgan bo‘lib, ko‘p yillardan beri jahon ringlarida O‘zbekiston bayrog‘i ostida jang qilib kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring