Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB Samarqanddagi hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berdi

MIB Samarqanddagi hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berdi

Sanoqli soatlar avval uy-joydan majburiy ko‘chirish haqidagi sud qarori ijrosi jarayonida MIB Samarqand shahar bo‘limi xodimiga benzin sepib, uni yoqib yuborishga qasd qilingani xabari berilgan edi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati boshlig‘i Farrux Toshpo‘latov tarqalgan xabarlarga izoh berar ekan, xodimga faol qarshilik ko‘rsatish jarayonida hech kimga shikast yetmaganini ma’lum qildi. Ya’nikim, «Samarqandda MIB xodimi yoqib yuborildi» mazmunidagi xabarlarda voqelik bo‘rttirib yuborilgan. Haqiqiy holat shuki, xodimga benzin sepilib, ustiga yonib turgan sochiq otib yuborilgani rost, biroq jarayonda hech kimga shikast yetmagan.

O‘z navbatida F.Toshpo‘latov holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini yana bir bor qayd etar ekan, alohida ta’kid etdiki, keyingi ikki yarim yilda ish hajmining ko‘pligi va og‘ir sharoitda ishlashni xohlamagan 7300 nafardan ortiq xodim o‘z istagiga ko‘ra ishdan bo‘shab ketgan. Birgina o‘tgan yilning o‘zida Byuro xodimlariga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq 132 ta holatlar aniqlanib, aybdorlarga qonuniy chora ko‘rilgan. Byuro tashkil etilgandan buyon esa 4 nafar xodim o‘z vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan, 200 nafardan ortig‘iga turli darajada tan jarohati yetkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring