«Men yuridik universitet talabasiman» degan kayfiyatni o‘zgartirish yaxshi samara berishi mumkin
Toshkent davlat yuridik universitetida «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi — oliy ta’limni modernizatsiyalashning muhim omili» mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, konsepsiya ijrosi bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan bo‘lib, unda quyidagi masalalar qamrab olingan:
- universitetni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symond World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassalari ro‘yxatiga kiritish;
- universitetda joriy etilgan kredit-modul tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish;
- ta’lim mazmunini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
- universitetning to‘liq akademik mustaqilligini ta’minlash;
- ta’lim fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi «Universitet 3.0» konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
- professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, bakalavriat va magistratura talablarining yuqori imakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarining xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash;
- yuridik ta’limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta’lim va ilm-fan texnologiyalarni yanada kengroq jalb etish;
- talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
- sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, xususiy sektor va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini yanada kengaytirish.
Konsepsiya ijrosi bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da yetarlicha xizmat qiladi. Shuningdek, tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari talabalarning ilm olish va kasbiy ko‘nikmalarni egallashga bo‘lgan qizish va ishtiyoqini oshirish masalalari ham ta’kidlandi. Bu borada yana bir taklif: talaba yoshlarda «Men yuridik universitet talabasiman» degan kayfiyatni o‘zgartirish yaxshi samara berishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter