Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Rishtonlik Paganini» (video)

«Rishtonlik Paganini» (video)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Rishton kulolchilik markazida bo‘lgan edi. Prezident matbuot xizmatining «Xalq bilan» loyihasida prezidentning kulol ustalar bilan uchrashuvi tasvirlangan.

Loyiha qahramonlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Rishtonda sir yaratish san’ati bor. Bu hech qanday kimyoviy vositalarsiz, tabiiy amalga oshiriladi.

Hunarmandlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar o‘laroq, bunday hunarmandchilik markazlari ko‘payib bormoda. Prezidentning o‘zi ham shunday deydi: «Agar sizdan bir yil oldin shunday markaz bo‘ladi deyishsa, ishonarmidingiz?»

Prezident mas’ullarga topshiriqlar berar ekan shunday dedi: «Bu ham ma’rifat, ham ma’naviyat. Bu ham tarix, ham madaniyat. Biz madaniyatni o‘zimizdan boshlashimiz kerak-ku».

Rishtonlik mohir usta Sharofiddin Yusupov o‘z mahsulotlari chetga ketishini xohlamasligini, shu yerda qolishini istashini bildirganda, Prezident ham niyati shu ekanligini aytadi.

Kulol uning asarlarida bir narsa ikkinchi marta qaytarilmasligini ta’kidlaydi. Shuning uchundir, uni mashhur skripkachi Nikkolo Paganiniga qiyoslashar ekan. «Siz bu o‘xshatishlarga qanday qaraysiz», ­­— so‘raydi jurnalist.

«O‘xshatishganiga xursand bo‘laman. Sababi u virtuoz, men ham deyarli virtuozman», ­­— kuladi kulol.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring