Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikalik bokschi WBC va WBA chempionlik kamarlarini himoya qildi

Meksikalik bokschi WBC va WBA chempionlik kamarlarini himoya qildi

Foto: «TASS»

Meksikalik bokschi Saul Alvares 76,2 kilogacha bo‘lgan vazn toifasida Butunjahon boks kengashi (WBC) va Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) unvonlarini himoya qildi.

Mayamida (AQSh, Florida shtati) turkiyalik raqibi Avni Yildirim bilan kechgan 12 raundlik uchrashuvning uchinchi raundida meksikalikning texnik nokauti bilan yakunlandi.

30 yoshli Alvares hisobida 55 g‘alaba, shulardan 37 tasi nokaut, shuningdek, bitta mag‘lubiyat va ikkita durang bor. Sportchi WBC va WBA unvonlarini 2020-yil 20-dekabrda britaniyalik Kallum Smitga qarshi jangda qo‘lga kiritdi va birinchi marta himoya qildi.

29 yoshli Avni Yildirim hisobida 21 g‘alaba, shulardan 12 tasi nokaut va uchta mag‘lubiyat bor. 2019 yil fevral oyida amerikalik Entoni Dirrelga qarshi jangda u WBC chempionligi uchun kurashgan, ammo o‘shanda ham mag‘lubiyatga uchragandi, deb yozadi TASS.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring