Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksika prezidenti 218 million dollarlik samolyotidan voz kechdi

Meksika prezidenti 218 million dollarlik samolyotidan voz kechdi

Foto: «Argumenti.ru»

Meksika hukumati mamlakat prezidentining samolyotini lotereyaga qo‘ymoqda. Mamlakat rahbarining o‘zi bu samolyotdan foydalanmasligini ma’lum qilgan. «Boeing 787» mamlakatning ilgarigi rahbariyati tomonidan 218 million dollarga xarid qilngandi.

Prezident Andres Manuel Lopes Obrador bu samolyotni sotish, ijaraga berib yuborish yoki lotereyaga qo‘yish lozimligini ta’kidlagandi. Prezidentning o‘zi tijoriy reyslar xizmatidan foydalanmoqda. Xorijga hozircha uchgani yo‘q.

Samolyotga xaridorlar tezda topildi. Biroq belgilangan mablag‘ — 130 million dollarni hech kim bera olmadi. Ushbu «Boing» hozir AQShda turibdi.

Endi samolyotga yetadigan mablag‘ni to‘plash uchun hukumat bir necha millionta lotereya chiptasi chiqarmoqchi. Samolyot eng omadli chipta sohibiga topshiriladi. Bonusi sifatida samolyotga bepul texnik xizmat ko‘rsatish taklif etilmoqda.

Prezident o‘z samolyotidan tushgan mablag‘larni mamlakat tibbiyot tizimini jihozlashga ishlatmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring