Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mehnat vazirligi Janubiy Koreyada ishlashni xohlovchilar uchun talablarni e’lon qildi

Mehnat vazirligi Janubiy Koreyada ishlashni xohlovchilar uchun talablarni e’lon qildi

Janubiy Koreya Respublikasi Bandlik va Mehnat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida Bandlikka ruxsat berish tizimi asosida O‘zbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasi hududida ishga joylashtirish bo‘yicha Hamkorlik memorandumi doirasida yurtdoshlarimiz ushbu mamlakatda mehnat faoliyatini amalga oshirishlari mumkin. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Fuqarolar Koreyaga ishga ketishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat etishlari lozim.

Fuqorolarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi.
  2. Nomzodning yoshi 18 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lishi.
  3. Koreys tilini bilishi.
  4. Sudlanmagan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishga ruxsat (xorijga chiqish pasporti) mavjud bo‘lishi.
  5. Koreya Respublikasi hududida bo‘lish va boshqa qonunlarini buzmagan bo‘lishi.
  6. Sog‘lom bo‘lish (rang ajrata olmaslik kasalligi - daltonizm bo‘lmasligi)
  7. Koreya Respublikasida 5 yildan ortiq muddat davomida ishlamagan bo‘lishi lozim.

Eslatma: fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish (E-9 ishchi viza) huquqiga ega yagona tashkilot Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisoblanadi, xususiy bandlik agentliklarining bunga vakolati yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring