Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashinafurush firibgarning kirdikorlari fosh bo‘ldi

Mashinafurush firibgarning kirdikorlari fosh bo‘ldi

Foto: «Nashi-avto.ru»

2021-yil 1-may kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumani «Yangiro‘zg‘or» mahallasida yashovchi X.Raxmonali tuman IIBga ariza bilan murojaat etgan. Unda 2021-yil 5-mart kuni  tumanning «Obizarang» mahallasida yashovchi Q.Parviz uning «VAZ-2104» rusumli avtoulovini 33.000.000 (o‘ttiz uch million) so‘m evaziga sotib olishini va’da qilib, pulini 20-mart kuniga qadar berishini aytib, aldab, o‘zlashtirib ketganligini bildirgan.

Bundan tashqari, 2021-yil 3-may kuni tumanning «Navro‘z» mahallasida yashovchi, uy bekasi F.Xayitxol arizasida Q.Parviz 17-aprel kuni uning «VAZ-2105» rusumli avtoulovini 13.000.000 (o‘n uch million) so‘mga hisoblab olib, pulini bermasdan boshqa shaxsga sotib yuborganligini bildirgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 18-may kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro Q.Parvizga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-3-qismi «a,b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring