Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy Osiyoda silga chalinganlar soni har yili 300 ming kishiga ko‘paymoqda

Markaziy Osiyoda silga chalinganlar soni har yili 300 ming kishiga ko‘paymoqda

Foto: «Peptidi-moscow.ru»

Markaziy Osiyo mamlakatlarida sil (tuberkulyoz)ga chalinganlar soni har yili 300 ming kishiga ortmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Qirg‘izistondagi sho‘’basi rahbari Nazira Ortiqova ma’lum qildi.

Ortiqovaga ko‘ra, agar vaqtida yordam ko‘rsatilmasa,  silga chalingan har o‘ninchi inson o‘limga mahkum.

«Sil kasalligidan aziyat chekayotganlarning aksariyati — VICh yoki gepatitga chalingan insonlar. Bunday holatda silning rivojlanishi 40 karra kuchayib ketadi. Mintaqada faqat Qirg‘izistongina bu kasallikka qarshi munosib kurashmoqda. Uchta misol keltiraman: birinchidan, bu kasallikka qarshi qurashish bo‘yicha milliy reja ishlab chiqilgan, hamma mamlakatlar ham Qirg‘iziston kabi dori-darmonga pul ajratishga qodir emas va donorlarga muhtoj, Qirg‘izistonda kasallikni aniqlashning yangi usullari joriy etilgan. Hatto Qozog‘istonda ham bunday imkoniyat yo‘q. Qozog‘istonlik mutaxassislar Qirg‘izistonga o‘qishga kelishmoqchi», — dedi Nazira Ortiqova matbuot anjumanida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring