Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlariga to‘satdan trevoga signali berildi

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlariga to‘satdan trevoga signali berildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi boshqaruv apparati hamda unga qarashli Samarqand va Jizzax garnizonidagi harbiy qismga to‘satdan trevoga signali berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Mudofaa vazirining o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i rahbarligidagi inspeksiya tekshiruvida dastlab bo‘linmalarning jangovar shayligi ko‘rikdan o‘tkazildi. Jangovar trevoga signaliga asosan bo‘linmalar shaxsiy tarkibi belgilangan vaqt oralig‘ida shay holatga keltirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Keyingi bosqichda okrug boshqaruv apparati va xarbiy kism shaxsiy tarkibi qariyb 200 km masofaga, ya’ni Kattaqo‘rg‘on dala-o‘quv maydoni tomon marsh yurishdi. Mazkur harakat davomida 600 ga yaqin harbiy va jangovar texnikalar qatnashdi.

Belgilangan masofaga yetib kelgan harbiy xizmatchilar tomonidan dala-o‘quv maydonida joylashuv va niqoblash ishlari amalga oshirildi. Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari tomonidan yurt himoyachilarining har bir harakati jiddiy sinovdan o‘tkazilmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Barcha shaxsiy tarkibning jangovor va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilgach harbiy qismga munosib baho beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy harbiy okrugda o‘tkazilayotgan inspeksiya tekshiruvi 28 iyunga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring