Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maqolalarimiz izidan. «Urgutning ipak yo‘li» (video)

Maqolalarimiz izidan. «Urgutning ipak yo‘li» (video)

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz»da «Urgutning ipak yo‘li» nomli maqola e’lon qilingandi. Unda Toshkent-Termiz yo‘lidan to Urgut shahrigacha bo‘lgan yo‘lning ahvoli juda yomonligi videolavhada ko‘rsatilgan, shu yo‘l yoqasida yashaydigan Dehqonobod qishlog‘i ahlining shikoyatlari, xususan, kamida beshta viloyat savdogarlari mashhur Urgut bozoriga qatnaydigan bu yo‘l yozda chang, qishda loy bo‘lishidan aholi juda qiynalayotgani, yozdagi chang-to‘zondan hatto ko‘chaning u yuzidagi odam bu yuzidagi odamni ko‘rolmasligi aytilgan edi.

Maqolamiz e’lon qilingach, Urgut tumani hokimligi Samarqand viloyati yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasiga murojaat qilib, mazkur korxona maqolada aytilgan yo‘lni kapital ta’mirlashni boshladi.

Muxbirimiz yana o‘sha joyga borib, yo‘lsozlar bilan suhbatlashdi, qurilayotgan yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdi.

Eng muhimi, bu o‘zgarishlardan Urgut xalqi juda mamnun, ular tuman hokimi, yo‘lsozlar va albatta bu muammoni yoritib chiqqan «Xabar.uz»dan juda minnatdor.

Karimberdi To‘ramurod,

«Xabar.uz» muxbiri

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring