Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Makgregor jangining chiptalari bir kunda sotilib ketdi

Makgregor jangining chiptalari bir kunda sotilib ketdi

Foto: «Medialeaks»

Aralash janglar bo‘yicha eski chempion Konor Makgregor oktagonga qaytmoqda. Irlandiyalik 2020-yilning 18-yanvar kuni  Las-Vegasda amerikalik Donald Serrone bilan to‘qnashadi.

Insayder Kevin Loyl yozishicha, UFCning mana shu jang uchun chiqarilgan chiptalari bir kun ichida sotilib ketgan. Tushgan pul — 10 mln. dollar!

Konor Makgregor UFC doirasidagi 25 ta jangidan 21 tasida raqiblarini yer tishlatgan. 2018-yilning 6-oktyabridan beri esa «ta’tilda» — o‘sha kuni o‘zi Habib Nurmagomedovdan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring