Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lukoyl» O‘zbekistonda yangi konlarni topishga umid qilmoqda

«Lukoyl» O‘zbekistonda yangi konlarni topishga umid qilmoqda

Vagit Alekperov.

Foto: «tass.ru»

Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekistonda uglevodorodlarning yangi zaxiralarini topishga umid qilmoqda. Bu haqda kompaniya prezidenti Vagit Alekperov Xyustonda bo‘lib o‘tgan «CERAWeek» konferensiyasi vaqtida ma’lum qilgan.

«Kompaniya vakillarining (O‘zbekistonga amalga oshirgan) oxirgi tashrifi chog‘ida Qoraqalpog‘istondagi katta hududlarda qidiruv ishlarini olib borish uchun shartnoma imzolandi, bu O‘zbekistonning shimoli-g‘arbidagi hududlar. Bundan keyin ham rivojlanish dinamikasiga ega bo‘lishimiz uchun bu hududlarda yangi konlar ochishga umid qilmoqdamiz», — deydi Alekperov.

Eslatib o‘tamiz, «Lukoyl» O‘zbekistonda «Qandim-Xauzak-Shodi-Qo‘ng‘irot» va «Janubi-G‘arbiy Hisor» loyihalarida mahsulotlarni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim shartlari asosida ishlaydi. Unda qazib olingan gaz asosan Xitoyga eksport qilinadi. Biroz vaqt muqaddam O‘zbekiston «Lukoyl» kompaniyasidan 600 million dollar qarz bo‘lib qolgani xabar qilingan edi.

«Lukoyl»ning gaz qazib olish ishlari bo‘yicha katta vitse-prezidenti Azat Shamsumarovning so‘zlariga ko‘ra, qarz qazib olingan gazning barchasi chet elga eksport qilinishi kerak bo‘lsa ham, ma’lum bir qismi O‘zbekiston bozoriga yo‘naltirishi sababli vujudga kelgan.

«Lukoyl» hozirda O‘zbekistonda yiliga 14,5 milliard kubometr gaz qazib olmoqda. Kompaniya mamlakatdagi loyihalar uchun 8 milliard dollar investitsiya kirgizgan va 4 milliard dollarni allaqachon qaytargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring