Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Liverpul» yana ochko yo‘qotdi

«Liverpul» yana ochko yo‘qotdi

Foto: «Peter Powell/Reuters»

Angliya premer-ligasining 30-turida «Liverpul» safarda «Everton» bilan durang o‘ynadi. Bu haqda «Lenta» muxbiri xabar berdi.

Uchrashuv 21-iyun, yakshanba kuni «Gudison Park» stadionida bo‘lib o‘tdi va 0:0 hisobi bilan tugadi. Derbida ikkala jamoada ham gol urish imkoniyatlari bo‘ldi, lekin hech kimga omad kulib boqmadi. «Liverpul» mavsumda uchinchi bor ochko yo‘qotmoqda.

Qizillar 30 turdan so‘ng 83 ochkani qo‘lga kiritib, chempionatda ishonchli yetakchilikni saqlab qolmoqda. 38 ochko jamg‘argan «Everton» esa 12-pog‘onadan joy oldi.

Keyingi turda «Liverpul» 24-iyun kuni o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qilsa, «Everton» o‘sha kuni safarda «Norvich» bilan uchrashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring