Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: poytaxtda 55 yashar bemor vafot etdi

Koronavirus: poytaxtda 55 yashar bemor vafot etdi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 55 yoshli B.Sh. (erkak) joriy yil 13 iyul kuni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Keyinchalik ahvoli og‘irlashganligi sababli reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan.Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, sepsis, poliorgan yetishmovchiligi, o‘pka shishi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishidan vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring