Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: Yevropada vaziyat og‘irlashmoqda

Koronavirus: Yevropada vaziyat og‘irlashmoqda

Foto: Lenta.ru

So‘nggi kunlarda Yevropa bo‘ylab koronavirus juda tez tarqalmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Italiya (655 kishi kasallikni yuqtirgan, 17 kishi vafot etgan), Germaniya (48 kishi kasallangan), Fransiya (38 kishi kasallangan, 2 nafari vafot etgan), Buyuk Britaniya (16 kishi yuqtirgan), Ispaniyada (16 kishi yuktirgan) ahvol jiddiy tus olmoqda.

Virus alomatlari, shuningdek, Shveysariya, Shvetsiya, Isroil, Xorvatiya, Avstriya, Gretsiya, Finlyandiya, Rossiya, Litva, Gruziya, Norvegiya, Belgiya, San Marino, Niderlandiya, Daniya, Makedoniya, Ruminiya va Estoniyada qayd etilgan.

Umuman olganda:

  • Vafot etganlar soni: 2858 kishi.
  • Kasallik yuqtirganlar: 83 376 kishi.
  • Tuzalib chiqqanlar soni: 36 551 kishi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring