Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus bolalarda qanday kechadi?

Koronavirus bolalarda qanday kechadi?

Illyustrativ foto

Bugun Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholini qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Koronovirusdan vafot etgan 11 yoshli bola maktabga borganmidi?  Bolalarda yengil kechadi deb ko‘p  marotaba aytilgan edi. Nima uchun bu bola vafot etdi?

— Bo‘stonliq tumani G‘azalkent shahrida istiqomat qilgan 11 yoshli bu bemor 5 sentyabr kuni ertalab soat 8:00 da tuman tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga tez tibbiy yordam mashinasida olib kelingan.

Ma’lumki, 5 sentyabr kuni hali maktablar o‘z faoliyatini boshlamagan edi. Shuning uchun bola maktabga xali bormagan edi. Tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinganida,  bolada burundan qon ketishi, tana haroratining 38 S darajaga ko‘tarilishi, nafas siqishi kuzatilgan. Ko‘krak qafasi rengeni qilinganda o‘pkaning 50 foiz zararlanishi aniqlangan.

Bola 2012 yildan buyon surunkali glomerulonefrit, nefrotik shakli, surunkali buyrak yetishmovchiligi, kamqonlik va semizlikning uchinchi darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan va nogironlik nafaqasi olib kelgan.

Bemor Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasida infeksionist, reanimatolog, pediatr shifokorlari tomonidan konsilium qilingan va unga koronavirus tashxisi qo‘yilib, tezkor tartibda Chirchiq shahridagi shu sohaga ixtisoslashgan shifoxonaga keltirilgan. Ko‘rilgan davo choralariga qaramasdan, bemor surunkali glomerulonefrit, buyrak yetishmovchilining terminal bosqichi, semizlik va anemiyaning uchinchi darajasi,  ikki tomonlama pnevmoniyaning og‘ir shakli natijasida vafot etgan.

Ha, koronavirus bolalarda aksariyat hollarda yengil shakldagi O‘RVI singari:  tomoq og‘rig‘i, yo‘tal, burun oqishi va aksirish bilan kechadi.

Lekin bolalarda ham surunkali kasalliklari bo‘lsa, ular ushbu kasalliklarini  qo‘zg‘alish davrida koronovirus infeksiyasini yuqtirsalar ikkala kasallikni kechishi natijasida ularda  xam og‘ir kechish xolatlarini kuzatilishini bir necha marotaba ta’kidlab o‘tganmiz.

Yuqoridagi bolada xam asosiy kasalliklarini xisobiga kasallik og‘ir kechgan. Shuning uchun ota onalar shuni yodda tutishlari kerakki, agarda bolalarda surunkali kasalliklari bo‘lsa ular xududiy shifokorlari bilan muntazam aloqada bo‘lishlari va o‘z vaqtida dispanser ko‘rigidan o‘tib  va davo muolajalarini olib turishlari shart.

Shuni yodda tutish kerakki, bolalarda ham kasallik o‘tkazilib yuborilsa va shifokorga kech murojaat qilinsa hamda ularda nafas olish tizimi va boshqa a’zolarning surunkali kasalliklari mavjud bo‘lsa, ularda  ham og‘ir kechish holatlari kuzatilishi va o‘limga ham olib kelishi mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring