Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus bilan kasallanganlarning yuqtiruvchanligi qaysi pallada avjiga chiqishi aniqlandi

Koronavirus bilan kasallanganlarning yuqtiruvchanligi qaysi pallada avjiga chiqishi aniqlandi

Foto: «Keystone Press Agency»

Xitoylik olimlar koronavirus bilan kasallanganlarning yuqtiruvchanligi qaysi pallada kuchayishini aniqlashdi, deb yozmoqda «Argumenti.ru».

Mutaxassislar Guanchjoudagi Sakkizinchi xalq shifoxonasidagi bemorlarning burun va tomoq yo‘llaridan olingan tahlillarga asoslanishdi.

Bu tahlillarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfi kasallik alomatlari (simptomlari) boshlanishiga  bir yoki ikki kun qolganida avjiga chiqadi.

Xitoyliklarning xulosasi nemis olimlarining tadqiqotlari natijasiga mos keladi. Germaniyada o‘tkazilgan tajribalarda virus infeksiyasi kasallangan kishida hali alomatlar yuzaga chiqmasidan oldin, xastalikning dastlabki haftasida ishlab chiqilishi aniqlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring