Koronavirus: 20-sentyabrda vaziyat birmuncha yaxshilandi
Shu yilning 20-sentyabr kuni mamlakatimizda 648 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun mamlakatimizda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo hamda Xorazm viloyatlarida 661 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 51 640 nafar bemordan 47 932 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 275 nafar bemordan 557 nafari og‘ir, 245 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter