Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Klipida «chegara»dan chiqilgani uchun Shahlo Ahmedova litsenziyasidan ayrildi

Klipida «chegara»dan chiqilgani uchun Shahlo Ahmedova litsenziyasidan ayrildi

Foto:«O‘zbekkonsert»

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonanda Shahlo Ahmedovaning litsenziyasini  olib qo‘ydi. Bunga uning sharqona odob-ahloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay,  yigit va qizning ishqiy kechinmalarini  ochiq-oshkora  ifoda etib, buni andishasizlarcha  tasvirga olib keng ommaga namoyish etilgan «Letniye dojdi» deb nomlangan qo‘shig‘i videoklipi ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilayotganligi aniqlangani sabab bo‘lgan. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar qildi.

 «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9 dekabrdagi   354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asoslanib,  Ahmedova Shaxlo Baxtiyor qiziga 2017-yil 11- iyuldagi  MR-02-son buyrug‘iga asosan berilgan AA-seriya, №0064-son litsenziyasi joriy yilning 13 noyabr kunidan tugatilganligini ma’lum qilamiz» deyiladi xabar matnida.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, «Dizayn» jamoasi litsenziyasi ham olib qo‘yilgani ma’lum qilingan, lekin ularga litsenziya qaytarilgani aytilmagandi. 

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring