Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kirk Duglas «Ochko‘zlik» filmidagi ishni qilib ketdi

Kirk Duglas «Ochko‘zlik» filmidagi ishni qilib ketdi

Foto: «Obnovi»

2020-yilning fevral oyida 103 yoshida vafot etgan amerikalik mashhur aktyor Kirk Duglas butun merosini xayriya ishlariga vasiyat qilib qoldirdi.

Qariyb 80 million dollar, vasiyatga ko‘ra, Kirk Duglasning xayriya fondiga o‘tadi, benefetsiarlar (merosxo‘rlar) — Kirk va Anna Duglasning Bolalar markazi, Kalver-Sitidagi Kirk Duglas nomidagi teatr, Los-Anjelesdagi bolalar shifoxonasi.

Qolaversa, merosning bir qismi Nyu-Yorkdagi Avliyo Lavrentiy universitetida tahsil olayotgan kam ta’minlangan oilalardan chiqqan talabalarga ajratiladi.

Kirk va Maykl Duglaslar. Foto: «Instagram»

Xullas, Kirk Duglasning o‘g‘li, otasidan-da mashhur aktyor Maykl Duglas merossiz qoldi. To‘g‘ri, pul hech qachon ko‘plik qilmagan, ammo 300 million dollarlik davlatga ega Maykl Duglas zoriqib qolmasligi aniq. Buning ustiga, u meros oladigan emas, meros qoldiradigan yoshda — 75 ga kirdi (katta ehtimol bilan u ham otasining yo‘lini tutadi).

Ma’lumot uchun: Kirk Duglas 2020-yilning 5-fevral kuni 103 yoshida olamdan o‘tdi. Kinodagi faoliyati davomida «Oskar» (faxriy mukofot) va «Oltin globus» («Hayotga tashnalik» filmi uchun) mukofotlarini qo‘lga kiritgan. «Vikinglar» (1958 y.), «Spartak» (1960 y.) kabi 80 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. 10 ta roman va memuarlar yozgan.

Darvoqe, Kirk Duglas bosh rolni o‘ynagan «Ochko‘zlik» (1994 y.) kinokomediyasi aynan oilaviy qadriyatlar, meros, vasiyat haqida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring