Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen In Xitoy rahbariga maktub yubordi

Kim Chen In Xitoy rahbariga maktub yubordi

Foto: KCNA/EPA/TASS

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoy rahbari Si Szinpinga minnatdorlik maktubini yo‘lladi. Bu haqda «Interfaks» ma’lum qildi. 

«Biz Xitoy hukumatidan minnatdormiz, chunki ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik o‘sib borayotgani «dushman kuchlari»ga birgalikda qarshi turishga yordam beradi», – deya ta’kidlangan Shimoliy Koreya prezidenti.

Shuningdek, Kim Chen In «KXDR va Xitoy o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik kundan-kunga rivojlanib borishiga» ishonch bildirgan.

U Xitoyning KXDR hukumati va xalqini qo‘llab-quvvatlashi «buyuk kuch va jasorat» ekanligini ta’kidlagan.

Avvalroq KXDR Janubiy Koreya bilan muloqot qilishga tayyor ekanligini haqida xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring