Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Karantinsiz Shvetsiyaning topgan va yo‘qotganlari

Karantinsiz Shvetsiyaning topgan va yo‘qotganlari

Foto: «EUobserver»

Koronavirus pandemiyasida qattiq cheklovlarni qo‘llamagan Shvetsiya hamon muhokamalar markazida. Karantinsiz Shvetsiya iqtisodiyoti 7 foiz yo‘qotishga uchragani-ku alohida bir mavzu.

Shunga qaramasdan, iqtisodiyotchilarning ta’kidiga ko‘ra, shved iqtisodiyoti pandemiyadan ko‘rgan zarar Amerika yoinki Yevropaning aksariyat mamlakatlariniki oldida xamir uchidan patir, xolos.

«Shvetsiya iqtisodiyoti qattiq karantinsiz ham talafot uchradi, ammo ikkinchi chorakda mamlakatda YaIM pasayishi yevrozonadagidan uchdan ikki hissa kam bo‘lishini kutyapmiz», — dedi iqtisodchi Devid Oksli.

Shvetsiya ko‘p qurbonlar evaziga iqtisodiyotini qattiq tanazzuldan asrab qoldi, deyish mumkin. Aholisi soni bo‘yicha Yevropada 15-o‘rinda (10,1 mln. ) turuvchi Shvetsiya koronavirusni yuqtirish (81 012) bo‘yicha ham, har bir million aholiga to‘g‘ri keluvchi o‘limlar soni (koronavirusdan o‘lganlar jami soni 5 744 nafar) bo‘yicha ham qit’ada 7-o‘rinda.

Solishtirish uchun: koronavirus yuqtirish holatlari Daniyada — 13 996 (qurbonlar — 616), Norvegiyada — 9 334 (qurbonlar — 256), Finlyandiyada — 7 466 (qurbonlar — 329).

Oldinda yana bir masala ko‘ndalang turibdi, qattiq karantinni qo‘llagan qo‘shnilaridan avvalroq Shvetsiya iqtisodiyotini tiklay oladimi-yo‘qmi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring